03:13 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet

Suriyadan AQSH harbiylarini olib chiqish haqida buyruq imzolandi

© Flickr / Official U.S. Navy Page
Dunyoda
Havola olish
210 0 0

AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis Suriyadan Amerika harbiylarini olib chiqish haqida buyruqni imzoladi.

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik.  AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis Suriyadan Amerika harbiylarini olib chiqish haqida buyruqni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti Fox News nashriga asosan xabar qildi.

Buyruq imzolanganligini harbiy idora kotibi ham tasdiqladi.

Suriyadan AQSH harbiylarini olib chiqish

Oʻtgan haftada AQSH prezidenti Donald Tramp Suriyada ISHID ustidan gʻalaba qozonilganligi va respublikadan AQSH harbiylarini olib chiqishini maʼlum qilgandi. Prezident soʻzlariga koʻra, ularning yagona maqsadi - terroristlar bilan kurash boʻlgan. 

Koʻp oʻtmay, Jeyms Mettis Pentagon rahbari lavomini tark etishi haqida ariza berdi. U asosiy masalalar boʻyicha prezident bilan kelishmovchiliklari bayon etilgan maktubni eʼlon qildi.

Kuni kecha Tramp 2019 yildan mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Pentagon rahbari oʻrinbosari boʻlgan Patrik Shanaxan boʻlishini maʼlum qilgandi.  

Asosiy mavzular