23:33 22 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18

Rossiya qoʻriqchi kemasi Qora dengizga kirgan AQSH kemasini kuzatmoqda

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Dunyoda
Havola olish
136402

Rossiya fikriga koʻra, AQShning ushbu harakatlari - mutlaq maʼsuliyatsizlik boʻlib, bu hududda harbiy keskinlikning oshishiga olib kelishi mumkin.

TOSHKENT, 7 yanv – Sputnik. Rossiya Harbiy dengiz flotining “Pыtlivыy” nomli qoʻriqchi kemasi USS Fort McHenry nomli AQSH harbiy-desant kemasining harakatlarini kuzatmoqda, deb xabar qilmoqda Russia Today.

AQSH harbiy-desant kemasi Qora dengiz akvatoriyasiga 6 yanvar soat 21:00 da kirib kelib Rumыniyaning Konstantsa porti tomon yoʻl olgan edi.

AQSH maʼlumotiga koʻra “Fort MakGenri” Qora dengizga “NATO mamlakatlari va hududdagi hamkorlar bilan bilan munosabatlarni mustahkamlash hamda AQSH harbiy kuchlarining imkoniyatlarini namoyish qilish maqsadida” kirib kelgan.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil davomida AQSH harbiy kemalari Qora dengiz hududiga bir necha bor kirgan edi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova aytishiga qaraganda, Vashington tomonidan bunday harakatlarning amalga oshirilishi "mutlaq maʼsuliyatsizlik boʻlib, bu Qora dengiz hududida harbiy keskinlikning oshishiga" sabab boʻlishi mumkin.

Shuningdek ushbu voqealar Ukraina tomonidan 2018 yilning 25 noyabrida Kerch koʻrfazida amalga oshirilgan fitnaning davomi ham boʻlishi mumkin. Oʻshanda 3ta Ukraina kemasi ataylab Rossiya chegarasini buzib oʻtgan va Rossiya harbiylari tomonidan hibsga olingan edi.

Maʼlumot uchun: USS Fort McHenry – katta desant kemasi boʻlib, uning bortida 36 ta gusenitsali desant-amfibiya harbiy mashinalari (AAV7) hamda 500 dan ortiq dengiz piyoda askarlari joylashtirilishi mumkin. Kema 25-millimetrli zambaraklar, pulemyotlar va zenit majmualari bilan jihozlangan.

Asosiy mavzular