02:07 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Ulkan yordam: Hindiston Afgʻonistonga 3 milliard dollarlik yordam beradi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Dunyoda
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
578 0 0

Sushma Svaradj aytishiga koʻra, ushbu yordam Afgʻonistonda infraqurilma loyihalarini amalga oshirishda juda samarali boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 13 yanv - Sputnik. Samarqandda boʻlib oʻtgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” suhbatining ikkinchi sessiyasi boshida Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaradj Hiniston Afgʻonistonga rivojlanish uchun 3 milliard dollarlik yordam koʻrsatishini taʼkidladi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Tinchlik va barqarorlikni saqlash yoʻlida - bizning umumiy manfaatlarimiz bor. Hindiston demokratik, tinch va barqaror davlat qurish jarayonida Afgʻoniston xalqi va hukumatini qoʻllab quvvatlaydi. Biz Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish va yarashishga qaratilgan barcha saʼy-hakatlarni qoʻllab-quvvatlaymiz”, - dedi Svaradj.

Shuningdek, Hindiston vaziri ana shunday hamkorlik Afgʻoniston davlatining kuch-quvvatini yuksaltirishga xizmat qilishini ham alohida aytib oʻtdi. Vazir soʻzlariga koʻra, ulkan insoniy, iqtisodiy va moliyaviy resurslarga ega boʻlgan Hindiston bilan hamkorlik qilish Afgʻonistonning koʻplab muammolarini hal qilishda, ayniqsa infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda juda samarali boʻlishi mumkin.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular