10:11 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Dunyoda
Havola olish
555 0 0

Tadqiqot mualliflari oʻzlarida sinov oʻtkazishdi. Hamisha tungi soatlarda ishlagan shifokorlar ish tugashi bilanoq tahlil uchun qon topshirishgan.

TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Toʻyib uxlamaslik va tungi bedorlik DNK tuzilishining zararlanishini keltirib chiqaradi, deb maʼlum qilishdi Gonkong universiteti olimlari. Tadqiqot natijalari Anaesthesia jurnalida chop qilindi.

Tungi smenada ishlash DNKning oksidlanish zararini kuchaytiradi, oqibatda jiddiy surunkali kasalliklar xavfi oshadi.

Tadqiqot mualliflari oʻzlarida sinov oʻtkazishdi. Hamisha tungi soatlarda ishlagan shifokorlar ish tugashi bilanoq tahlil uchun qon topshirishgan.

Olimlar: ayollarning xiyonatga moyilligini barmoq uzunligiga qarab aniqlash mumkin

Tunda ishlagan kishilar DNKsining zararlanish darajasi, kunduzi ishlab, tunda dam olgan xodimlarga qaraganda ancha yuqori boʻlgani qayd etilgan.

Avvalroq Bristol universiteti olimlari uyquga erta yotib, erta uygʻonuvchi ayollar, uyquga kech yotib, kech uygʻonuvchi  ayollarga nisbatan 40-48 % ga kamroq koʻkrak bezi saratoni duchor boʻlishdan yiroq boʻlishlarini aniqlashgani haqida xabar bergandik.

Asosiy mavzular