19:41 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Prezentatsiya novogo iPhone Xs i iPhone Xs Max

Apple rahbariyati iPhone narxi tushirilishini eʼlon qildi

AP Photo / Marcio Jose Sanchez
Dunyoda
Havola olish
185 0 0

Apple kompaniyasining daromadi kamayishi soʻnggi 10 yil davomida ilk bor kuzatilgan.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Apple kompaniyasi rahbariyati ayrim mamlakatlarda, jumladan Rossiyada ham iPhone narxi tushirilishi mumkinligini eʼlon qildi.  

Xabarda aytilishiga koʻra, ayrim mamlakatlar milliy valyutalari qiymati dollarga nisbatan keskin pasayishi tufayli ushbu mamlakatda yashayotgan xaridorlar uchun Iphone qimmat boʻlib ketgan.

“Biz iPhone narxarini bir yil oldingi darajaga qaytarishga qaror qildik. Umid qilamizki bu bizga savdo hajmini oshirishga yordam beradi”, - dedi Tim Kur Reuters agentligiga.  

Eclatib oʻtamiz, yangi iPhone XS oʻtgan yil sentyabrda 999 $ narxda savdoga chiqarilgan edi. Shundan soʻng kompaniyaning eng yirik bozorlaridan biri boʻlgan Xitoy, Rossiya,Turkiya va Braziliya bozorlarida savdo hajmi sezilarli darajada qisqargan edi.

Kompaniya hozircha narxlar necha pul kamaytirilishi mumkinligini hamda bu qachon sodir boʻlishini xabar qilmagan. Agar narxlar rostdan ham kamaytirilsa, Apple kompaniyasi uchun bu oxirgi 12 yil ichida ikkinchi bor narxlarni tushirish boʻladi.

Wall Street Journal xabariga koʻra, Apple kompaniyasining daromadi kamayishi soʻnggi 10 yil davomida ilk bor kuzatilgan. Xususan, 2018 yil 4 choragida iPhone daromadi 15% ga kamaygan.

Asosiy mavzular