12:57 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Deti igrayut v futbol vo dvore doma odnogo iz rayonov Kabula

Toliblar nazorati ostida boʻlgan afgʻonlarning ayanchli qismati

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Dunyoda
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)
1515 0 0

Afgʻonistoning Joʻzjon viloyati Xumab tumani aholisi 2018 yil sentyabr oyidan toliblar nazorati ostida yashashga majbur boʻlib kelishmoqda.

TOSHKENT, 30 yanv – Sputnik. Muhandis Ahmad, Joʻzjon viloyati Xumab tumanining rahbari Sputnik Afghanistan nashriga bergan intervyusida ushbu mintaqada toliblar qanaqa qonun-qoida va tartib-intizom oʻrnatganliklari haqida hikoya qilib berdi.

Ahmadning soʻzlariga koʻra, toliblar mazkur tumanda oʻz qonunlarini joriy etishgan. Ular mahalliy aholiga doʻq-poʻpisa qilib, pullarini olishadi. Shuningdek, Xumabga chegaradosh boʻlgan hududlarda giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shugʻullanishadi.

 “Toliblar Xumabni egallab olgandan buyon ular soliq yigʻib olishdan tashqari turli bahonalar bilan odamlarni qoʻrqitib pul talab qilishadi”, - dedi u.

Uning aytishicha, toliblar erkaklarning soqoli boʻlmagani, namoz oʻqishdan bosh tortgani hamda boshqa “gunohlari” uchun jarima joriy etishgan.

“Xumab Turkmaniston bilan chegaradosh boʻlgani sababli toliblar giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shugʻullanishadi”, - deb qoʻshimcha qildi Ahmad.

Mintaqa rahbarining taʼkidlashicha, toliblar Xumabni egallab olishgan vaqtda ular orasida chet elliklar ham bor edi, ammo “hozir ularning soni kamaygan, va ular bu yerga faqat dam olgani va baliq tanavvul qilgani kelishadi”.

Uning soʻzlariga koʻra, xorijlik toliblarning koʻp qismini asli oʻzbekistonlik va pokistonliklar tashkil qiladi.

Ahmad suhbat yakunida hukumat bir necha marta mintaqani oʻz nazoratiga qaytarishga vaʼda bergani, ammo vaʼda berishdan nariga oʻtmaganini maʼlum qildi.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (35)

Asosiy mavzular