23:13 22 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Dunyoda
Havola olish
766 0 0

Moskva markazida nomaʼlum shaxslar Rossiya FXX (FSB) podpolkovnikini kaltaklashdi.

TOSHKENT, 11 fev – Sputnik. Moskva markazida nomaʼlum shaxslar Rossiya FXX (FSB) podpolkovnikining xizmat mashinasiga butilka otishdi va soʻngra uni doʻpposlashdi. Bu haqda RIA Novosti qurolli kuchlardagi manbasiga asoslanib xabar qilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilinishicha, avtomobil tashqarini kuzatishga moʻljallangan boʻlgan.

“Yakshanba kuni Moskva markazida nomaʼlum shaxslar Rossiya FXX “K” boshqarmasining oʻta muhim ishlar boʻyicha katta vakolatli xodimi, podpolkovnik boshqaruvi ostidagi “Skoda” xizmat mashinasiga butilka otishdi”, - deya maʼlum qiladi agentlikka suhbatdosh.

Shundan soʻng nomaʼlum shaxslar ofitserni kaltaklab, qochib ketishadi. Jarohat jiddiy boʻlmaganligi sababli uning tibbiy yordamga muhtojligi boʻlmagan, deya maʼlum qilgan manba.

Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, RIA Novosti ushbu xabarning rasmiy tasdigʻiga ega emas.

Asosiy mavzular