16:04 26 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Dunyoda
Havola olish
301 0 0

Press-konferentsiyada AQSH yetakchisi Donald Tramp muzokaralar “sermahsul” boʻlganini tasdiqladi. Ammo, AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, Kim Chen In “kattaroq qadam tashlashga” tayyor emas ekan.

TOSHKENT, 28 fev – Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp va KXDR prezidenti Kim Chen In Xanoydagi sammit yakunlarniga koʻra kelishuvga erishmadi, biroq uchrashuvni “samarali” oʻtkazishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning taʼkidlashicha, tomonlar yagona fikrga kelishmagan boʻlishlariga qaramay, ular Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish (denuklearizatsiya) masalalarini atroflicha muhokama qilishgan va kelajakda uchrashish niyatida ekanliklarini maʼlum qilishgan.

Shuningdek, press-konferentsiyada AQSH yetakchisi Donald Tramp muzokaralar “sermahsul” boʻlganini tasdiqladi. Ammo, AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, Kim Chen In “kattaroq qadam tashlashga” tayyor emas ekan.

Xanoydagi sammit muddatidan avvalroq yakunlandi va hech qanday hujjat imzolanmadi.

Eslatib oʻtamiz, AQSH va Shimoliy Koreya prezidentlarining uchrashuvi 27—28 fevral kunlari Vyetnam poytaxti Xanoyda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi.

Asosiy mavzular