Shvetsiyada “bekorchi” ish o‘rni paydo bo‘ldi – ish haqi 2320 dollar

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSoiskatel raboti
Soiskatel raboti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shvetsiyada rassomlar Saymon Goldin va Yakob Sennebi umrbodlik ish o‘rnini taklif qilishmoqda.

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Shvetsiyada rassomlar Saymon Goldin va Yakob Sennebi umrbodlik ish taklif qilishmoqda. Ishga joylashgan kishi hech qachon hech narsa qilmaydi, deya yozadi Public Art Agency Sweden.

Rassomlar allaqachon 650 ming dollarni tashkil etadigan “Doimiy ish o‘rni” jamg‘armasini yaratgan. Ta’kidlanishicha, ushbu jamg‘arma o‘sishda davom etadi. Ishga qabul qilingan odamdan Goteborg shahridagi vokzalda joylashgan “ish joyi”ga belgilangan vaqt ichida kelishi va “ish kuni oxirida” ketishi talab etiladi.

Flag Shri-Lanke - Sputnik O‘zbekiston
Jallod kerak! Shri-Lankada yangi bo‘sh ish o‘rniga mutaxassis qidirilmoqda

Shu bilan birga, ishga joylashgan kishi istagan mashg‘uloti bilan shug‘ullanishi mumkin. Tajriba 120-yilga mo‘ljallangan, ishga faqat bir kishi qabul qilinishi mumkin. Biroq biror sabablarga ko‘ra u ishdan bo‘shasa, uning o‘rniga boshqa odam ishga qabul qilinadi. Rassomlar ishchi ta’til va nafaqa uchun ko‘p pul topaman deb qiynalmasligi uchun yuqori maosh taklif qilishmoqda. Bekorchilar ish o‘rni 2025-yilda ochiladi.

Saymon Goldin va Yakob Sennebining asosiy maqsadi -  hech bir ish qilmay umrbod maosh oladigan inson haqida shahar afsonasi yoki mem yaratish.

Yangiliklar lentasi
0