09:36 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.72
  • EUR9491.57
  • USD8389.97
Pogranichniki na Tadjiksko-afganskaya granitse.

Evakuatsiya va yaradorlar: Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasida vaziyat keskinlashdi

© Sputnik / Amir Isayev
Dunyoda
Havola olish
1310 0 0

Tojikiston bilan boʻlgan chegarada yuzaga kelgan janjal tufayli qirgʻizistonliklar evakuatsiya qilindi.

TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Tojikiston bilan boʻlgan chegarada yuzaga kelgan janjal tufayli qirgʻizistonliklar evakuatsiya qilindi, deb xabar qilmoqda Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati.

“Batkent tumanining Oqsoy va Koʻktosh qishloqlari aholisi avtobuslarda va yengil avtomobillarda Batkent shahriga olib kelindi. Ular 57-son kasb-hunar kolleji binosi hamda Aytmatov koʻchasidagi uylardan biriga joylashtirildi. Ularning xavfsizligi Batkent shahar IIBB xodimlari tomonidan taʼminlanmoqda”, - deyiladi hukumat xabarida.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan qishloq aholisini Batkent tumani va Batkent shahrida istiqomat qiluvchi qarindoshlari oʻz uylariga olib ketishmoqda.

13 mart kuni Kojogarda Qirgʻizistonning Batken tumani Oqsoy qishlogʻi aholisi va Tojikistonning Mehnatobod aholisi oʻrtasida janjal yuzaga keldi. Oqsoy- Tamdik yoʻli qurilishi mojaroning sababi boʻlgan. Tojikistonliklar Qirgʻiziston texnikasi yoʻlini toʻsib qoʻyadi. Ishchilarga Qirgʻiziston qishloqlari aholisi yordam keladi. Oqibatda Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolarining 200 yaqini nafari bir-birlarini toshboʻron qilishadi. Bir Qirgʻiziston fuqarosi jarohat olib, kasalxonaga yotqiziladi.

Ertasi kuni mahalliy aholi oʻrtasidagi toʻqnashuv qaytadan boshlanadi. Oqibatda yana bir qirgʻizistonlik jabrlanadi. Tojikiston tomonining maʼlumotlariga qaraganda, Tojikistonning bir fuqarosi halok boʻlgan, 10 kishi esa jarohatlangan.

Chegaradagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Ikki davlat chegarachilari mahalliy aholi bilan kuch ishlatish kerakmasligi haqida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Qirgʻiziston va Tojikiston bosh vaziri oʻrinbosarlari Jenish Razakov va Ibrohim Azim mojaro yuzaga kelgan joyga kelib, chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun muzokaralar olib borishmoqda.

Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasidagi Isfara-Batkent hududi koʻp yillar davomida mahalliy aholi va chegarachilar vaqti-vaqti toʻqnashib turadigan joy sanaladi. Koʻp uchastkalar bahsli boʻlib, hozirgacha delimitatsiya va demarkatsiya oʻtkazilmagan.

Asosiy mavzular