12:15 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
546 0 0

Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning soʻzlariga koʻra, yaqin qoʻshnilar bilan munosabatlar ishonarli boʻlib qolishi kerak.

TOSHKENT, 9 apr – Sputnik. Qozogʻiston uchun tashqi siyosiy kurs oʻzgarmasligi juda muhim. Bu haqda Qozogʻiston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev TIV rahbari Beybut Atamqulov bilan oʻtkazilgan uchrashuvda maʼlum qildi.

“Hozir asosiysi – avval ishlab chiqilgan, tashqi siyosiy kursi oʻzgartirilmasligi. Birinchi navbatda yaqin qoʻshnilarga eʼtibor qaratish kerak. Ular oʻzaro ishonchli boʻlib qolishi kerak”, - dedi Nazarboyev.

Nazarboyev respublika tashqi siyosat idorasining mamlakat ichida boʻlib oʻtgan siyosiy oʻzgarishlarga eʼtibor qaratdi.

“Qozogʻistonda juda muhim oʻzgarishlar yuz berdi. Amaldagi Konstitutsiyaga amal qilgan holda, hukumatni tinch va osoyishta tranzitini taʼminladik, buni butun dunyoga koʻrsatdik”, - dedi birinchi prezident.

Qozogʻistonga deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni isʼtefoga chiqdi.

Mamlakat rahbari boʻlib Kasim-Jomart Tokayev boʻldi. Bundan oldin u parlament yuqori palatasi raisi lavozimida boʻlgan.

2020 yilda prezident vakolatlari tugaydi. Shunga qaramay, Tokayev respublikada shu yil 9 iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi oʻtkazilishini eʼlon qildi.

“Men Elbasi Nursulton Nazarboyev bilan maslahatlashdim, shuningdek, hukumat, parlament, Konstititutsion kengashi rahbarlari va partiya aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdim. Navbatdan tashqari saylov oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror – juda zarur va muhim boʻlgan qadam. Men 2019 yil 9 iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi boʻlib oʻtishi toʻgʻrisida qaror qabul qildim”, - dedi Tokayev jonli efir chogʻida.

Asosiy mavzular