22:55 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.53
  • EUR9554.57
  • USD8455.37

"Miss Rossiya - 2019" tanlovida kim gʻolib boʻldi – eng yorqin suratlar

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
1318 0 0

Tanlovning eng katta mukofoti rassom, sayohatchi va shoiraga nasib qildi.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. "Miss Rossiya 2019" unvoni Azov shahrida tugʻilgan Alina Sankoga nasib qildi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar qildi.

Tanlovning final bosqichi "Barvixa Luxury Village" kontsert zalida oʻtkazildi.

Eng taniqli musobaqalardan biri boʻlgan “Miss Rossiya” goʻzallik tanlovi Rossiya Madaniya vazirligi koʻmagi ostida oʻtkazilmoqda.

Alina Sankoga oq tilladan tayyorlangan va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan toj hamda 3 million rubl pul mukofoti bilan taqdirlandi.  

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Final konkursa «Miss Rossiya 2019»

Shu bilan birga, final ishtirokchisi Rossiya nomidan xalqaro goʻzallik tanlovlarida ishtirok etish huquqi berildi.

Alina Sanko 20 yoshda, u rassomlik, sheʼriyat va sayohat qilishni yaxshi koʻradi.

Birinchi vitse-miss unvoni yekaterinburglik Arina Verinaga berildi. Ikkinchi vitse-miss unvoni tatarstonlik Ralina Arabovaga taqdim etildi. Ikkala goʻzalga dunyoning istalgan mamlakatida tahsil olish uchun grandlar sovgʻa qilindi.

Tantanali marosimda “Yevrovideniye” xalqaro tanlovida Rossiya nomidan chiqadigan xonanda Sergey Lazarev chiqish qildi.

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Final konkursa «Miss Rossiya 2019»

Marosimni “Miss Rossiya 2007” gʻolibi Kseniya Suxinova va teleboshlovchi Maksim Privalov olib bordilar.

Asosiy mavzular