Ukrainaning bo‘lajak birinchi xonimi: Yelena Zelenskaya haqida

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishKandidat v prezidenti Ukraini Vladimir Zelenskiy s suprugoy Yelenoy v svoyem izbiratelnom shtabe v Kiyeve
Kandidat v prezidenti Ukraini Vladimir Zelenskiy s suprugoy Yelenoy v svoyem izbiratelnom shtabe v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezident saylovlari ikkinchi bosqichida Vladimir Zelenskiy g‘olib bo‘ldi. Yelena Zelenskaya Ukrananing bo‘lajak birinchi xonimi bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. Ukraina Markaziy saylov komissiyasi natijalarni sarhisob qilish bilan band bo‘lgan vaqtda, ukrainaliklarning e’tibori Vladimir Zelenskiy va uning rafiqasiga qaratilgan.

Zelenskiy otvechayet na voprosi posle oglasheniya rezultatov ekzitpola - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy qachon rasman Ukraina prezidenti bo‘ladi?

Dastlabki natijalarga ko‘ra, Ukraina prezident saylovlari ikkinchi bosqichida Vladimir Zelenskiy g‘olib bo‘ldi. Yelena Zelenskaya Ukrananing bo‘lajak birinchi xonimi bo‘lishi mumkin.

Yelena Zelenskayaning ma’lumoti

Yelena Kiyashko 1978-yil 16-fevralda Krivoy Rogda tug‘ilgan.

Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan yonma-yon sinfda o‘qigan. Do‘stlik asta-sekinlik bilan muhabbatga aylandi.  

Yelena Krivoy Rog texnik univesitetining qizil diplom bilan tamomladi. Mutaxassisligi - arxitektor, ammo mutaxassisligi bo‘yicha ishlamadi.

Vladimir Zelenskiy bilan tanishuv

Yelena va Vladimir bir maktabda tahsil olishganda, ular bir-biriga e’tibor berishmadi. Maktabni bitirgandan keyin Zelenskiy ko‘chada tasodifan qizni ko‘rib qoladi va uning oldiga boradi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Fan Volodimira Zelenskogo (@zelenskiy_official_fan)

O‘sha vaqtda Yelena boshqa yigit bilan munosabatda bo‘lgan. Ammo Zelenskiy deb munosabatni to‘xtatadi.

Yelena va Vladimir 8-yil birga yashashadi, keyinchalik o‘z munosabatlarini qonunan rasmiylashtiradilar.

2003 yilda Yelena va Vladimir 2003-yilda turmush qurishdi. Hozirgi vaqtda oilada ikki farzand bor: Aleksandra (14 yosh) va Kirill (6 yosh).

Vladimir Yelenani yaqin do‘sti deb biladi, u bilan har doim suhbatlashib, maslahatlashadi. Juftlikning so‘zlariga ko‘ra, romantik kechki ovqat ham yig‘ilish singari o‘tadi.

Zelenskiy muhim masalalar bo‘yicha har doim rafiqasidan maslahat olishini tan oladi. Ukraina prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yish qarori, bundan mustasno.

Yelena Zelenskayaning ish faoliyati

Zelenskiy yoshligida KVN o‘yini bilan band bo‘lganda, Yelena uning jamoasining chiqish ssenariylarini yozish bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Vladimirga KVN o‘yinlarida hamrohlik qilgan. Keyin o‘zi chiqishlarda yordam berishni boshladi.

Yelena “Kak kazaki” nomli muzikl hamda “Sluga naroda” serialining ham muallifi hisoblanadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Fan Volodimira Zelenskogo (@zelenskiy_official_fan)

Yelena so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i saylovlarda g‘olib bo‘lsa, ssenariy muallifi bo‘lib qoladi. O‘sha vaqtda u nutq matnlarini yozib beradi.

Yelena Zelenskaya xobbisi

Ukraina prezidenti nomzodi rafiqasining qiziqishlari haqida deyarli hech qanday ma’lum mavjud emas.

Yelena qo‘shiq kuylashni yaxshi ko‘rishi ma’lum bo‘ldi. O‘smirlik paytda u vokal tanlovlarda qatnashgan va aktrisa bo‘lishni orzu qilgan.

Instagram joylashtirilgan suratlarga qaraganda, oylaning sevimli xobbilardan biri baliq ovi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0