14:31 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Boy mejdu Xabibom Nurmagomedovыm i Konorom MakGregorom

Habib Nurmagomedovning keyingi jangi qachon boʻlishi maʼlum boʻldi

© REUTERS / Stephen R. Sylvanie
Dunyoda
Havola olish
94420

Nurmagomedov Zubayra Tuxugov va Abubakar ringa qaytadigan boʻlsa, sentyabr oyida jang oʻtkazishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 6 may – Sputnik. UFC chempioni Habib Nurmagomedovning agenti Ali Abdel-Aziz jangchining shu yilgi rejalari haqida soʻzlab berdi, deb xabar qildi ESPN

“U menga alohida topshiriq berdi. U menga 7 sentyabrda jang oʻtkazishni xohlashini aytdi, keyin dekabrda. Agar Djord Sent-Pyer UFC bilan oʻz ishini hal qilsa - yana bir jang oʻtkazamiz”, - deb taʼkidladi Abdel-Aziz.   

Bundan avval Nurmagomedov agar Zubayra Tuxugov va Abubakar ringa qaytadigan boʻlsa sentyabr oyida jang oʻtkazishini aytgandi. Chunki ular Habib deb chetlashtirilgandi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 29 yanvar kuni AQShning Nevada shtatida Atletika komissiyasining UFC 229 jang oqshomida yuz bergan janjal yuzasidan sud eshituvi boʻlib oʻtdi.

Komissiya qaroriga koʻra, jang oqshomida janjal uyushtirgan Habib Nurmagomedov 9 oyga janglardan chetlatilib, unga 500 ming dollar miqdorida jarima toʻlash majburiyati yuklatilgan edi.

Shuningdek, Habibning amakivachchasi Abubakar Nurmagomedov va uning doʻsti Zubayra Tuxugov ham 1 yilga chetlatilib, ularga 25 ming dollardan jarima toʻlashlari belgilangan edi.

Asosiy mavzular