TOSHKENT, 8 may – Sputnik. Moskva Presnenskiy sudi futbolchilar Kokorin va Mamayevga yakuniy hukmni chiqardi.
Sud Kokorin va Mamayevni bezorilik maqsadida odam sogʻligʻiga yengil ziyon yetkazish harakatlarini sodir etishda aybdor deb topdi.
Ayblov hukmi bir soatdan ortiq vaqt oʻqildi.

Aleksandr Kokoringa 1 yil 6 yil, Pavel Mamayevga esa 1 yil 5 oy umumiy tartibdagi koloniya jazosi berildi.
Futbolchilar jazoni oʻtashda SIZOda boʻlgan vaqti inobatga olinadi.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 8 oktyabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va “NAMI” tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni kaltaklashgan edi.
Bu mojarodan biroz oldin esa “Perviy kanal” boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgandi.
Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgandi.