14:25 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Ekran telefona

WhatsApp ichida yashiringan shpion dastur topildi

CC BY 2.0 / Microsiervos / iOS 8 icons
Dunyoda
Havola olish
508 0 0

May oyining boshida WhatsApp messenjeri ichida yashiringan, Isroilda ishlab chiqilgan shpion dastur topildi.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Dunyoda eng ommaviy boʻlgan messenjerlardan biri WhatsApp yaxshi himoyalanmagani tufayli uning ichiga shpion dasturlar yashirin ravishda oʻrnashib olishi mumkinligi aniqlandi, dedi Rossiya Davlat Dumasining axborot texnologiyalari xavfsizligi qoʻmitasi  aʼzosi Yevgeniy Lifshits RIA Novostiga.

Bundan oldin Financial Times nashri may oyining boshida butun dunyoda minglab telefonlarda WhatsApp dastur orqali yashirincha oʻrnatilgan Isroilda ishlab chiqilgan shpion dasturlari mavjudligi haqida xabar qilgan edi. WhatsApp messenjeridan butun dunyo boʻyicha 1,5 milliard kishi foydalanadi.   

“Bugungi kunda kiberqurol bozori ildam rivojlanmoqda. Kimda kerakli dasturlar yaratuvchi malakali mutaxassislar boʻlsa - u bundan foydalanib pul ishlashi mumkin. WhatsApp dasturi telefonning apparat qismiga taʼsir qilishi mumkin. Shuning u  chun ushbu shpion dastur telefonning istalgan boʻlimiga kirish imkoniga ega boʻlgan”, -  deydi Lifshits.   

Mutaxassis fikriga koʻra, virus qalbaki telefon qoʻngʻirogʻi orqali messenjer ichiga oʻrnashib olgan. Foydalanuvchi ushbu qoʻngʻiroqqa javob bersa ham bermasa ham u dastur ichiga kirib olish xususiyatiga ega boʻlgan. Shpion dastur tashqi tomondan oʻzini hech qanday koʻrsatmagan.

Xuddi shunday yoʻl bilan nafaqat WhatsApp, balkim istalgan dastur ichiga virus kiritish mumkin, agar uning himoyasida “tuynuklar” boʻlsa. Xox u telefon, raketa yoki samolyotning boshqaruv tizimi boʻlsin, deydi mutaxassis.

Ayni damda  WhatsApp kompaniyasi ushbu tuynukdan xoli boʻlgan dasturning yangilangan versiyasini chiqardi. Virusdan halos boʻlish uchun telefondagi messenjerni yangilab olish kifoya, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular