06:47 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Putin va Pompeo qanday masalalarni muhokama qilishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Dunyoda
Havola olish
32310

AQSH bosh kotibi Mayk Pompeo ilk bor Rossiyaga tashrif buyuradi. Bugun u bilan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov muzokara oʻtkazadi. Keyin Pompeoni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qiladi.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH bosh kotibi Maykl Pompeo bilan qaynoq nuqtalar – Eron, Suriya, Venesuela, Shimoliy Koreya, shuningdek strategik barqarorlik va qurolsizlanish masalalarini muhokama qiladi. Buni prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

Gossekretar SSHA Mayk Pompeo
© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy

Putin va Pompeo uchrashuvi Sochida amalga oshiriladi.

Peskovning soʻzlariga koʻra, Rossiya va AQSH munosabatlari faqat ikki davlat prezidentlari muzokaralaridan soʻng yangi bosqichga chiqishi mumkin.

Bundan avval Reuters agentligi Donald Tramp Xitoy va Rossiya yetakchilari bilan Yaponiyada “Katta yigirmatalik” sammitida uchrashishi haqida xabar qilgandi.

Putin va Tramp uchrashuvi haqida rasmiy istaklar Vashingtondan hozircha kelmadi.

Asosiy mavzular