06:37 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
55720

Shu yil iyun oyida moliya, soliq, bojxona va bank sohalari xodimlari attestatsiyadan oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Tojikiston hukumati moliya, soliq, bojxona, bank sohalari amaldorlarining malaka darajasi va daromadini tekshirib chiqadi.

Buning uchun maxsus vakolatli komissiya tashkil qilinadi. Iyun oyida mansabdor shaxslar attestatsiyadan oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, 10 may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon moliya, soliq va bojxona xizmati xodimlari bilan yigʻilish oʻtkazdi.

Prezident ushbu tarmoqlarda xizmat qiluvchi xodimlar orasida korruptsiya holatlari koʻpayganini koʻrsatib oʻtdi.

Prezident ushbu masalada tartib oʻrnatish yuzasidan mamlakat bosh vaziri Koxir Rusulzodaga topshiriq berdi. Rahmon bu tizimlarni “elakdan oʻtkazish” kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Rahmon amaldorlarni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya tuzishni taklif qildi. Komissiya xodimlarning daromad deklaratsiyalariga eʼtibor qaratadi.

Tojikiston prezidenti soʻzlariga koʻra, Korruptsiyaga qarshi idora, Moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Bojxona xizmati xodimlari oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulklarni yashirmoqda.

Asosiy mavzular