15:16 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Mnogotselevoy istrebitel MiG-31 s giperzvukovoy raketoy Kinjal

Putinga “Xanjar” raketali MiG-31 qiruvchi samolyot koʻrsatildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Dunyoda
Havola olish
103410

Rossiya prezidentiga eng zamonaviy Xanjar” raketasi bilan jihozlangan MiG-31 qiruvchi samolyot namoyish qilindi.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Axtubinskdagi aerodromda Vladimir Putinga giper tovushli “Xanjar” raketali MiG-31 qiruvchi samolyot namoyish qilindi.

Shu bilan birga, prezidentga koʻp funktsiyaga ega boʻlgan beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyot va yangi MiG-35 qiruvchi samolyot koʻrsatildi.

Shuningdek, Putin pilotsiz uchish qurilma namunalari bilan tanishdi.

Prezident aviatsiya texnikasi - Su-35, Su-30SM, MiG-31BM va MiG-29K samolyotlarni koʻzdan kechirdi.

Tashrif davomida prezidentga Bosh vazir oʻrinbosari Yuriy Borisov, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Bosh shtab boshligʻi Valeriy Gerasimov, Minpromtorg rahbari Denis Manturov, Havo-kosmiy kuchlar bosh qoʻmondoni Sergey Surovikin hamrohlik qildi.

Asosiy mavzular