23:42 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Goroda mira. Kiyev

Ukraina Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni kengaytirdi

© Sputnik / Stringer
Dunyoda
Havola olish
294 0 0

Ukraina Vazirlar Mahkamasi yangi qarori bilan Rossiyadan mamlakatga olib kirish taqiqlangan tovarlar roʻyxatini kengaytirdi.

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Ukraina Vazirlar Mahkamasi Rossiyadan mamlakatga olib kirish taqiqlangan tovarlar roʻyxatini kengaytirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Bu safar roʻyxatga oʻgʻit, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, transport, tsement, fanera kiritildi.

Bundan tashqari, Kiyev Rossiyadan olib kiriladigan mahsulotlarga maxsus bojlarni joriy etadi.

Bosh vazir oʻrinbosari Stepan Kubivning soʻzlariga koʻra, yangi bojlar 1 avgustdan amal qilishni boshlaydi.

Ukraina iqtisodiyot vazirligida taʼkidlanishicha, bu chora koʻmir, koks, benzin, suyultirilgan gaz va farmatsevtikadan tashqari barcha tovarlarga taʼsir qiladi.

Rossiya va Ukriana savdo munosabatlari

Moskva va Kiyev oʻrtasidagi muloqot Ukrainada davlat toʻntarishi, Qrimni Rossiya tarkibiga qaytishi va Donbassda qarama-qarshiliklar boshlangandan soʻng yomonlashdi.

2015 yil yanvarda Yuqori rada Rossiyani “agressor-mamlakat” deb tan oldi. Dekabr oyida esa Ukraina Vazirlar Mahkamasi kelib chiqishi Rossiya boʻlgan tovarlarni Ukraina bojxona hududiga olib kirishni taqiqlash toʻgʻrisida qarorni qabul qildi.

Oʻsha vaqtda Kiyev 43 ta tovardan iborat roʻyxatni tasdiqladi, keyinchalik uni 70 ta pozitsiyaga kengaytirdi.

2019 yil 10 aprelda yana bir qaror qabul qilinib, roʻyxat sezilarli darajada toʻldirildi.

Rossiya javob choralarni qoʻllamoqda, Ukrainaning alohida turdagi mahsulotlar import qilish taqiqlamoqda.

Oxirgi marta roʻyxat 18 aprelda kengaydi. Oʻshanda Moskva Ukrainaga neft va neft mahsulotlarni eksport qilishni taqiqladi.

Asosiy mavzular