01:24 23 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Zaklyuchennыe v kolonii

Tojikiston qamoqxonasidagi toʻqnashuvda 29 kishi halok boʻldi

Sputnik / Maksim Blinov
Dunyoda
Havola olish
296 0 0

Tojikiston qamoqxonasida terrorchilikda ayblangan jinoyatchilar qoʻzgʻolon koʻtardi.

TOSHKENT, 20 may – Sputnik. Tojikistonning Vaxdat shahrida joylashgan qattiq tartibli qamoqxonada “Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotiga aʼzolikda ayblab qamoqqa olingan jinoyatchilar qoʻriqchilarga hujum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Tojikiston Adliya vazirligiga asosan.

“Voqea mahalliy vaqt bilan 20:30 dan sodir boʻlgan. “Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotiga aʼzolikda ayblanib qamalgan 30ga yaqin mahbuslar, pichoq va boshqa oʻtkir jismlar bilan qurollanib, 3 nafar qoʻriqchini garovga olgan va oʻzlarini ozod qilishni talab qilishgan”, - deyilgan xabarda.

Qamoqxona qoʻriqlash kuchlari bilan boʻlib oʻtgan toʻqnashuv oqibatida 3 nafar qamoqxona nazoratchisi va 20dan ortiq mahbuslar halok boʻlgan. 20 dan ortiq mahbus 3 oydan 6 oygacha kartserga joylashtirilgan. Ayni damda vaziyat tergov organlari tomonidan oʻrganilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida  Tojikistonning Xoʻjand shahridagi koloniyada ham mahbuslar qoʻzgʻolon koʻtargan edi. Oʻshanda 2 nafaq qoʻriqchi va 47 nafar mahbus qurbon boʻlgan edi. Qoʻzgʻolon uchun javobgarlikni ID terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga olgan edi.

Asosiy mavzular