Tramp Eronga “ulkan kuch” bilan po‘pisa qildi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Tramp o‘zining Twitter᾽dagi akkauntida “agar Eron kurashishni xohlab qolsa, bu uning rasmiy yakuni bo‘ladi”, deya ma’lum qilgan edi.

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp Eronga “ulkan kuch” bilan po‘pisa qildi.

Agar Eron AQShga qarshi agressiya namoyon qilsa, Amerika unga “ulkan kuch” bilan javob qaytaradi, deya ma’lum qildi prezident Donald Tramp.

“Eron biror narsa qilsa, u katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi deb o‘ylayman. Bu ulkan kuch bilan qarshi olinadi”, - deb iqtibos keltiradi Tramp so‘zlaridan RIA Novosti.

Amerikanskie bronetransporteri - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Eron bilan urush boshlashga tayyor

Avvalroq Tramp o‘zining Twitter᾽dagi akkauntida “agar Eron kurashishni xohlab qolsa, bu uning rasmiy yakuni bo‘ladi”, deya ma’lum qilgan edi.

AQSh Eron atrofidagi vaziyat keskinlashgani sababli Fors ko‘rfazida va uning yaqinida kamida yettita harbiy kemani to‘plagan va Patriot raketaga qarshi kompleksni keltirgan. Pentagonning ma’lum qilishicha, bu Eronning AQSh kuchlariga qarshi hujum operatsiyasiga javob va o‘z manfaatlarini himoya qilish sanaladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urush bo‘lmasligiga umid bildirishini ma’lum qildi. Eron oliy yetakchisi Ali Xamenei Eron AQSh bilan urush olib bormasligini aytgan edi. Biroq u Tehron Vashingtonga qarshilik ko‘rsatishda davom etishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Eron yadroviy bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0