05:04 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
76710

AQShda chiqarilgan Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75 yilligiga bagʻishlangan tangada SSSR bayrogʻi yoʻq.

TOSHKENT, 23 may – Sputnik. Bradford Exchange nomli xususiy AQSH kompaniyasi Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 75 yilligiga bagʻishlangan kollektsion tangani muomalaga chiqardi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Tanganing yuz tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida AQShning ittifoqchilari boʻlgan davlatlar bayroqlari, orqa tomonida esa - urush sahnalari aks etgan.

Qizigʻi shundaki, tanganing yuz tomonida AQSH, Buyuk Britaniya va Frantsiya rangli bayroqlari orasida, SSSR bayrogʻi yoʻq. Tarixdan maʼlumki AQSH va SSSR oʻsha vaqtda ittifoqchi boʻlishgan. AQSH urushning dastlabki 3 yilida janglarda ishtirok etmasada, SSSRga moddiy yordam bergan.  

“RIA Novosti”  Bradford Exchange kompaniyasiga qoʻngʻiroq qilib buning sabablarini bilishga urinib koʻrishdi. Jurnalistlar tomonidan berilgan – “nima sababdan SSSR bayrogʻi yoʻq”, -  degan savolga, kompaniya – barcha maʼlumot saytda koʻrsatilgan deb, izoh berishdan voz kechdi.

Aytish joizki, insoniyat tarixida eng koʻp qon toʻkilishiga olib kelgan Ikkinchi jahon urushi tarixi dunyoning turli mamlakatlarida turlichi oʻrgatiladi va talqin qilinadi. Frantsiya, Italiya va boshqa mamlakatlar ushbu urush haqida imkon qadar qisqaroq aytib berishni maʼqul koʻrishadi. 

AQShda esa Ikkinchi jahon urushi tarixi - 1944 yilning 6 iyunida Normandiyada ittifoqchilar desant tushirishidan boshlanib Ittifoqchilar gʻalabasi bilan yakunlanadi. 1941 - 1944 yillar urushi va  Gʻalabada SSSRning roli haqida lom-mim deyishmaydi.

Faqat Germaniyada ushbu urush haqiqatdan ham nemis millatchilari aybi bilan boʻlganligi va unda juda koʻp shafqatsizliklar yuz berganini, koʻp qon toʻkilganligi tan olinadi. Nemislar oʻz farzandlariga bunday xato boshqa takrorlanmasligi kerakligini oʻrgatishadi.

Asosiy mavzular