09:55 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Devushka ryadom s stendom kompanii Ravon

Moskva sudi “Ravon”dan 36 million undirib olish haqida hukm chiqardi

Sputnik
Dunyoda
Havola olish
824 0 0

Moskvada arbitraj sud “Ravon Motors Rus” kompaniyasidan 36 million rubl undirib olish haqidagi qarorni oʻzgarishsiz qoldirdi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Moskvadagi Toʻqqizinchi arbitraj sudi Ravon rasmiy dileri “Ravon Motors Rus” kompaniyasidan “Telesport” kompaniyasi foydasiga 36 million rubl undirib olish haqidagi qarorini oʻz kuchida qoldirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Telesport” kompaniyasi daʼvosiga koʻra, 2017 yilning 28 sentyabrida “Ravon Motors Rus” kompaniyasi bilan Futbol boʻyicha Rossiya terma jamoasiga homiyliy qilish haqida shartnoma imzolangan. Unga koʻra “Telesport” homiyga “Rossiya futbol jamoasining rasmiy dileri” nomidan foydalanish huquqini bergan va televizion translyatsiyalar davomida kompaniya reklamasini joylashtirgan.

Shartnomaga koʻra, Ravon Telesportga 120 million rubl toʻlashi kerak boʻlgan. Aslida esa 90 million toʻlagan va qolgan mablagʻni, moliyaviy qiyinchiliklarni sabab qilgan holda, toʻlamagan. Ushbu ishni koʻrib chiqqan sud Ravondan 30 million rubl qolgan toʻlovni va yana 6 million jarima undirish haqida qaror chiqargan.

Yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish yagona markazi maʼlumotiga koʻra "Ravon Motors Rus" MCHJning yagona asoschisi - “Avtosanoat Invest” MCHJ (Toshkent). 

Asosiy mavzular