14:38 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
249 0 0

Mixail Saakashvili yetakchilik qilgan “Yangi kuchlar harakati” partiyasi Oliy rada navbatdan tashqari saylovlarda ishtirok etadi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Sobiq Gruziya prezidenti Mixail Saakashvili “Yangi kuchlar harakati” partiyasining yetakchisi hisoblanadi.

Uning partiyasi Oliy rada navbatdan tashqari saylovlarda ishtirok etishni rejalashtirdi.  Bu haqda partiya kengash aʼzosi David Sakvaralidze.

“Biz partiya sifatida bu saylovda qatnashamiz. Biz siyosiy kuch sifatida amalga oshirishni istagan oʻsha falsafa va loyihalarni himoya qilamiz”, - dedi Sakvaralidze.

Navbatdagi parlament saylovlarini oktyabr oyida oʻtkazish rejalashtirilgandi. Biroq prezident Vladimir Zelenskiy lavozimga kirishgandan soʻng Rada vakolatlarini muddatidan avval yakunlash haqida qarorni imzolab, navbatdan tashqari saylovlarni 21 iyul kuniga tayinladi.

Kuni kecha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sobiq Gruziya prezidenti Mixail Saakashviliga mamlakat fuqaroligini qaytardi.

Mixail Saakashvili Gruziyani 2013 yilda tark etgan. Gruziyada unga nisbatan qator jinoiy ishlar qoʻzgʻatilgan va ulardan baʼzilari boʻyicha sirtdan qamoq jazolari tayinlangan.

2015 yil bahorida Pyotr Poroshenko Saakashviliga Ukraina fuqaroligini berib, uni Odessa viloyati gubernatori etib tayinlagan. Biroq Saakashvili viloyatni rivojlantirish boʻyicha vaʼdalarni bajarmagani va uning iqtisodiy koʻrsatkichlarini sezilarli darajada yomonlashtirib yuborgani uchun Poroshenko 2016 yil noyabr oyida uni lavozimdan ozod qilgandi.

Asosiy mavzular