14:20 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
350 0 0

Ukraina prezidentining soʻzlariga koʻra, shaurma - odamlarga yaqinroq boʻlishga yordam beradi.

TOSHKENT, 29 may – Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy instagramda shaurma bilan selfi tushgan rasmni joylashtirdi.

“Ish jadvali tigʻiz boʻlganda, shaurma yordam berishi mumkin. Koʻrib turganingizdek, bunda hech qoʻrqinchli, noqulay va sharmandali narsa yoʻq”, - deb yozgan Zelenskiy.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Volodimir Zelenskiy (@zelenskiy_official)

Prezident soʻzlariga koʻra, bu odamlarga yaqinroq boʻlishga yordam beradi.

“Bu yana – “bronzalashib”, odamlardan uzoq boʻlmaslikka yordam beradi. Hukumatda boʻlganlar uchun foydali. Tavsiya qilaman”, - deb yozgan Ukraina yetakchisi.

Oʻtgan haftada prezident Kiyev ahlini shahar kuni bilan tabriklaganda shaurmani esga olgandi.

U oʻz chiqishida “Joʻka daraxtining gullashi va metro oldida shaurmaning hidi Kiyevni Kiyev qiladi” deb gapirdi. Bu soʻzlar internetda keng muhokamaga sabab boʻldi.

Asosiy mavzular