AQSh “qor odam” haqida maxfiy ma’lumotlarni oshkor qildi

© Sputnik / S. Jabin / Mediabankka o‘tishSkulptura "Snejniy chelovek".
Skulptura Snejniy chelovek. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oxirgi 50-yil ichida amerikalik olim Ximolayda yetining ikki yoki uch janjir izlarini aniqlagan.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. AQSh Federal tergov burosi ilk bor qor odamiga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan namunalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalarini e’lon qildi. RIA Novosti CNBC asosan xabar qildi.

1976 yilda Piter Bern yeti mavjud bo‘lishi masalalari bilan shug‘ullangan. U FTBga 15 ta soch va to‘qimalarni tadqiqot o‘tkazish uchun  yubordi. Soch va to‘qimalarning kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan. Idora istisno tariqasida va “ilmiy tarqiqot” uchun ruxsat berdi. Biroq natijalar Bern talablariga javob bermadi.  

© CNBCStranitsa iz rassekrechennogo doklada FBR o snejnom cheloveke
AQSh “qor odam” haqida maxfiy ma’lumotlarni oshkor qildi - Sputnik O‘zbekiston
Stranitsa iz rassekrechennogo doklada FBR o snejnom cheloveke

“Tadqiqot natijasida bu sochlar bug‘ular oilasiga mansub ekanligi haqida xulosa berildi”, - deyilgan FQBning ilmiy va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi direktor yordamchisi Jey Kokren xatida.

Hozirgi vaqtda, bir nechta o‘n yillardan so‘ng, 93 yoshli Bern telekanalga qor odam borligiga ishonishini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi 50-yil ichida u Ximolayda yetining ikki yoki uch janjir izlarini aniqlagan. Ularga ko‘ra, qor odamning oyog‘ida beshta barmoq bor.

 Shu bilan birga, mutaxassis bu izlar sadxuga (ular dunyodan va moddiy zavq olishdan voz kelgan hind avliyolar) tegishli bo‘lishi mumkinligini tan oldi.

CNBC ma’lumotga qaraganda, bu FTB ilk bor soch namunalari qor odamga tegishligini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.

Shu yil aprel oyida Hindiston armiyasi Ximolay tog‘larida yeti - qorli odamning izlari topilgani haqida xabar qilgandi.

Alpinistlar Makalu lageri oldida 32x15 duymli oyoq izlarini topishdi.

Yangiliklar lentasi
0