23:47 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Delfin v more. Arxivnoye foto.

Ona delfin oʻz farzandini jon-jahdi bilan tiriltirishga urinmoqda – yurakni ezadigan video

© AFP 2018 / HECTOR GUERRERO
Dunyoda
Havola olish
1724 0 0

Delfinning oʻlik jigarbandini tiriltirishga urinayotgani tasvirlangan video koʻpchilikning koʻzini yosh toʻldirdi va har qanday bagʻritoshning qalbini tirnadi.

Eʼtiboringizga havola qilinayotgan video Floridadan uzoq boʻlmagan Kliruoter plyaji yaqinida See Through Canoe dengiz kompaniyasi operatorlari tomonidan tasvirga olingan.

Lavhada urgʻochi delfin qanday qilib umidsizlik ila jigar porasini jonlashtirishga urinayotganini koʻrish mumkin. Mushtipar ona tumshugʻi bilan bir necha marta delfinchani turtib-turtib qoʻyadi, soʻngra u bilan suvga shoʻngʻiydi.

Uzoq vaqt onai zor oʻz farzandini qoʻyib yubormaydi. Uning tez orada koʻz ochib, suzib ketishi ilinjida qoʻlidan keladigan har bir narsani qilishga shay.

Qaygʻuga botgan delfinga boshqa biri hamrohlik qiladi. Operatorlarning soʻzlariga qaraganda, u ona delfinga farzandini qutqarishda koʻmaklashgan.

The Daily Mail nashrining yozishicha, kichkintoy delfinni kema urib yuborgan.

Asosiy mavzular