00:43 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Goryaщiy tanker v Omanskom zalive

Ummon koʻrfazida neft tankerlariga hujum qilindi – ulardan biri choʻkib ketdi

© AP Photo / /ISNA
Dunyoda
Havola olish
293 0 0

Avvalroq eron va arab OAVlari Ummon koʻrfazida ikki neft tankeriga hujum qilingani, ikkita portlash sodir boʻlganini xabar qilishgandi.

TOSHKENT, 13 iyun – Sputnik. Ummon koʻrfazida hujum qilingan ikki neft tankerlaridan biri - Front Altair choʻkib ketdi. Bu haqda RIA Novosti Liviyaning Al-Mayadeen telekanaliga tayanib xabar qildi.

Shu bilan birga, Reyter agentligi Frontline kompaniyasi vakili soʻzlariga asoslanib, kema hali ham yonayotgani, lekin hozircha choʻkib ketmaganini xabar qilmoqda.

Avvalroq eron va arab OAVlari Ummon koʻrfazida ikki neft tankeriga hujum qilingani, ikkita portlash sodir boʻlganini xabar qilishgandi. Front Altair bortida 23 kishi, ikkinchi tanker Kokuka Courageous bortida esa 21 kishi boʻlgan. Barcha dengizchilar qutqarilgan, ularni Naji kemasi Jask portiga eltib qoʻygan.

Maʼlum qilinishicha, Front Altair Tayvanning SRS davlat energetika kompaniyasi tomonidan Yaqin Sharqdan yoqilgʻi tashish uchun yollangan. Kema 75 ming tonna ligroin – suyuq uglevodorodlarning yonuvchan qorishmasini tashiyotgan boʻlgan. SRSning xabar qilishicha, kemaga “taxminlarga koʻra, torpeda kelib tushgan”.

Eslatib oʻtamiz, 12 mayda Saudiya Arabistonidagi “Sharq – Gʻarb” neft quvurining ikkita nasos stantsiyasiga dronlar hujum qilgandi. Oqibatda 8 stantsiyada yongʻin sodir boʻlgan, lekin uni tezda oʻchirilgan. Saudiya Arabistoni hukumatiga qarashli boʻlgan Aramco neft kompaniyasi ushbu hujumni “qoʻrqoqlarcha amalga oshirilgan terakt va diversiya” deb atagandi.

Asosiy mavzular