22:16 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Prezident hayoti necha pul? Maduroga uyushtirilgan suiqasdga qancha sarflangani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Stringer
Dunyoda
Havola olish
734 0 0

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro uning joniga qasd qilishga urinish qanchaga tushganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Venesuela prezidenti Nikolas Maduro oʻtgan yili unga nisbatan suiqasd uyushtirish uchun 20 million dollar sarflanganini maʼlum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“4 avgust kuni menga nisbatan uyushtirilgan suiqasd loyihasi bir necha million teng boʻlgan, aytishlaricha, 20 million dollarga baholangan”, - dedi u harbiylar oldida soʻzlagan nutqida.

Prezident razvedka va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga davlat rahbarini himoya qilishda koʻrsatgan jasorat va qahramonliklari uchun minnatdorchilik bildirgan.

2018 yil 4 avgust kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga suiqasd uyushtirilgan edi. Karakasdagi harbiy paradda prezident turgan tribunaga bir nechta uchuvchisiz uchish qurilmalari portlovchi moddalar bilan harakatlangan. Maduro qoʻriqchilari uni himoya qilishganliklari sababli jarohatlanmagan. Biroq 7 nafar askar suiqasd oqibatida jarohat olgan Mazkur suiqasd uchun javobgarlikni “Flanel askarlar” yashirin muxolifatchi guruh aʼzolari oʻz zimmalariga olishgan. Maduroning oʻzi  Kolumbiya sobiq prezidenti Xuan Manuel Santosni suiqasd uyushtirganlikda ayblagan edi. Keyinchalik AQSH prezidenti Tramp uni oʻldirish haqida buyruq berganini taʼkidladi.

Asosiy mavzular