07:55 18 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
715 0 0

Rossiya harbiylari “Qaragʻay” zenit-raketa tizimini qabul qilishga qaror qilishdi.

TOSHKENT, 24 iyun – Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi oʻtkazilgan sinov natijasiga koʻra yangi “Qaragʻay” zenit-raketa majmuani qabul qilishga qaror qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Bu tizimni yetkazib berish 2022 yilga moʻljallangan.

“Qaragʻay” – osmondan hujumidan himoyalanish, qisqa masofada jang qilishga moʻljallangan zenit-raketa majmuasi hisoblanadi. ZRM havo hujum vositalarini yakson qilish, jang vaqtda ish faoliyat toʻliq avtomatlashtirilganligi bilan farq qiladi. Shuningdek, raketa majmuasi nishonga olish lazer-nur tizimi bilan jihozlangan.

Ilk bor bu qurol “Armiya-2018” taqdim etilgan, bu yilgi forumda uning takomillashtirilgan versiyasi namoyish qilinadi.

Oʻtgan haftada Rossiyada yangi S-350 “Vityaz” zenit-raketa tizimini ishlab chiqarish boʻyicha ishlar yakunlangani haqida xabar bergandik.

Raketa majmuasi havo hujum barcha vositalar, shu jumladan kam koʻringan nishonlar va uchar raketalarni yoʻq qilish imkoniyatiga ega.

Asosiy mavzular