17:50 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Meksikanskiy gorod Gvadalaxara okazalsya pogreben pod sloyem lda posle silnogo grada

Meksikada 1 metrli doʻl yogʻdi – video

© AFP 2018 / ULISES RUIZ
Dunyoda
Havola olish
1124 0 0

Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan suratlarda muz qatlami koʻchaning katta qismini toʻsib qoʻygani, ayrim avtomobillar qariyb muz qatlami ostida qolib ketganini koʻrish mumkin.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. 30 iyun kuni Meksikaning Gvadalaxara shahrida kuchli doʻl yogʻdi. Bu haqda Economista nashri xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, ayrim joylarda yoqqan doʻlning balandligi bir metr yoki undan ham balandni tashkil etgan.

​Mahalliy hukumat koʻchalarni doʻl uyumlaridan tozalash maqsadida ogʻir texnikani ishga solgan. Hozirda favqulodda vaziyatlar xizmati tabiiy ofatdan zarar koʻrgan binolarni tekshirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan suratlarda muz qatlami koʻchaning katta qismini toʻsib qoʻygani, ayrim avtomobillar qariyb muz qatlami ostida qolib ketganini koʻrish mumkin. Koʻplab binolar qulab tushgan.

​Maʼlum qilinishicha, hozircha tabiiy ofatdan jabrlanganlar haqida maʼlumot mavjud emas.

Xabarda bu kabi kuchli doʻl yogʻishi shahar tarixidagi ilk hodisa ekanligi qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular