14:33 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Volonterы sortiruyut i upakovыvayut veщi

Migrantlar Irkutskda suv toshqinidan zarar koʻrganlar uchun buyum jamlashdi

© Sputnik / Yekaterina Solovyeva
Dunyoda
Havola olish
210 0 0

Irkutskda ishlaydigan migrantlar suv toshqinidan zarar koʻrgan mahalliy aholiga yordam berish uchun kiyim-kechak jamladi.

TOSHKENT, 1 iyul – Sputnik. Irkutskdagi “Kitay-gorod” nomli bozorda ishlayotgan migrantlar suv toshqinidan zarar koʻrganlar uchun buyum jamlashga yordam berdi, deb xabar qilmoqda telegram-kanal Mash.

Ushbu videoni suratga olgan kishi aytishiga qaraganda bozorda ishlayotgan xorijiyliklar bir daqiqa ichida avtomobil ichini buyumlar bilan toʻldirib tashlashgan.

“Kitay-gorod”ga kelib suv toshqinidan zarar koʻrganlarga yordam berishni soʻradim. Qasam ichmanki, bir daqiqa ichida ular moshinani ichini kiyimlar va poyabzal bilan toʻldirib tashlashdi. Hamma yordam berayapti. Bizda xorijiyliklar yomon deb koʻp eshitamiz, lekin mana uarning haqiqiy insoniy  yuzi. Sizlarga katta rahmat yigitlar!”, - deydi videoni suratga olgan kishi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan dam olish kunlarida Irkutskda kuchli suv toshqini sodir boʻlib 4200 uyni suv bosgan, yuzlab odamdar  boshpanasiz qolgan, besh kishi qurbon boʻlgan edi. Yakshanba kuni bu yerga Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham yetib kelgan edi.

Asosiy mavzular