07:39 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Ayol kishi har qanday koʻrinishda goʻzal

© BK
Dunyoda
Havola olish
2231 0 0

Eri rashk tufayli barmoqlarini kesib tashlagan ayol fotosessiya orqali internet yulduziga aylandi.

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Moskva yaqinidagi Serpuxov shahrida yashovchi Margarita Gracheva ijtimoiy tarmoqlarda nashr etgan fotosessiyasi bir zumda ommaviylashib ketdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Gap shundaki, taxminan ikki yil oldin  Margaritaning eri mast holda rashk tufayli xotinining barmoqlarini bolta bilan chopib tashlagan edi. Ushbu voqea rossiya OAVlarida katta shov-shuvga sabab boʻlgan edi.

Margarita Gracheva

“V Kontakte” ijtimoiy tarmogʻida joylashtirgan fotosuratlarida Margarita protez bilan chiroyli kyimda suratga tushgan. Juda koʻp foydalanuvchilar unga “Siz ajoyibsiz, protez sizni yanada chiroyli qildi” kabi maqtov soʻzlarini aytishgan.

Margarita Gracheva

Ushbu fotosuratlarni bir zumda xorijiy nashrlar ham chop etishdi. Britaniyaning Daily Star, Mirror va Daily Mail nashrlari ushbu suratlarga “Qoyilmaqom” deb baho bergan. Britaniya jurnalistlari rossiyalik ayolning matonati va oʻziga ishonchiga qoyil qolishgan.

Margarita Gracheva

 

Asosiy mavzular