12:34 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prodavets rasstavlyayet na polkax butыlki shampanskogo vina

Rossiyada Gruziya vino va suvlari importini taqiqlash masalasi koʻrib chiqiladi

Sputnik / Marina Makovetskaya
Dunyoda
Havola olish
31110

Rossiya Davlat dumasida Gruziya mahsulotlarini import qilinishini toʻxtatish haqida masala koʻrib chiqiladi.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Davlat dumasida Rossiyaga vino va suvlarni olib kirishni toʻxtatish masalasi koʻtariladi. Bu haqda deputat Sergey Neverov maʼlum qildi.

Shuningdek, deputatning soʻzlariga koʻra, Rossiyadan Gruziyaga pul joʻnatmalarini toʻxtatish masalasi koʻrib chiqiladi.

Bundan avval Rospotrebnadzor Gruziyadan keltiriladigan alkogol mahsulotlar ustidan nazoratni kuchaytirishi haqida xabar berilgandi. Taʼkidlanishicha, bunga mahsulotning sifati yomonlashgani sabab boʻldi.

2014-2018 yilda talabga javob bermaydigan alkogolning miqdori 2,9 baravarga ortdi. Oʻtgan yili sifatsiz mahsulot 203 ming litrni tashkil qildi.

Asosiy mavzular