01:50 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Qozogʻistonlik polvon uchinchi marta Ginnes kitobiga kirishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Dunyoda
Havola olish
57120

Koʻp karra jahon chempioni Tsirulnikov hammani lol qoldirdi. U 1 daqiqa 48 soniyada qoʻli bilan 10 dona tovani mix bilan taxtaga qoqib qoʻydi.

TOSHKENT, 8 iyul – Sputnik. Qozogʻistonlik polvon Sergey Tsirulnikov qoʻli bilan mixni taxtaga qoqish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi. Uning bu yutugʻi Ginnes rekordlar kitobiga kirishi mumkin.

Koʻp karra jahon chempioni Tsirulnikov bu safar ham hammani lol qoldirdi. U 1 daqiqa 48 soniyada qoʻli bilan 10 dona tovani mix bilan taxtaga qoqib qoʻydi.

Bundan oldingi rekord rossiyalik sportchiga tegishli boʻlgan, u bu vazifani ikki daqiqada amalga oshirgandi.

Ilgariroq, Petropavlovsk shahrida poytaxt kuniga bagʻishlangan tantanada Tsirulnikov bir qoʻli bilan odamni koʻtarish boʻyicha rekord oʻrnatgandi. U vazni 105 kilo boʻlgan odamni yetti marta koʻtardi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Sergey Tsыrulnikov (@sergei030485)

Tsirulnikovning ikkita - mixlarni bogʻlash va 180 tonnalik vagon bilan teplovozni tortish boʻyicha rekordi Ginnes kitobida yozilgan.

Asosiy mavzular