13:31 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Petux porodы Legorn

Tumshuq yopildi: Shveytsariyada xoʻrozga kechasi qichqirish taqiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev
Dunyoda
Havola olish
69020

Shveytsariyaning Tsyurix aholisi juda baland ovozda qichqiradi xoʻrozni sudga berishdi.

TOSHKENT, 11 iyul – Sputnik. Shveytsariyaning Tsyurix kantoni aholisi uyi yaqinida avtoulov turar joyda tovuqxona ochgan kishini sudga berishdi. Bu haqda RIA Novosti Neue Zurcher Zeitung asosan xabar qildi.

Daʼvogarning arizasida yozilishicha, xoʻroz tez-tez va juda baland ovozda qichqiradi. Bunga dalil sifatida erkak xoʻroz qichqirigʻini sanab chiqdi. Xoʻroz bir soat davomida 14 dan 44 martagacha qichqirgan ekan. Tovushining balandligi 15 metr atrofida 84 detsibelni tashkil qildi.

Sud bu oʻlchovlarni shubha ostiga oldi, chunki ular smartfon yordamida hisoblangan.

Sud xoʻroz egasiga ish kunlari kechqurun soat 10 dan ertalab soat 8 gacha, dam olish kunlari esa kechqurun soat 10 dan ertalab soat 9 gacha xoʻrozning “sukut saqlashi”ni taʼminlashi haqida qaror qabul qildi. Shuningdek, xoʻrozga tovuqxonani tark etish man etildi.

Shunga oʻxshash sud ishi Frantsiyada koʻrib chiqilmoqda. U yerda erta tongda qichqirib, qoʻshnilarni uygʻotayotgan xoʻroz sud qilinmoqda.

Sud ishi Sharanta departamentida koʻrib chiqilmoqda. Moris laqabli xoʻroz va uning egasi Korin Fesso ustidan nafaqadagi Biron ismli qoʻshni shikoyat qildi.

Arizachilarning advokati ming yevro miqdorida kompensatsiya talab qilishmoqda. Bu pulni ular halok boʻlgan dengizchilarga yordam berish uchun oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Biron va Fesso oʻrtasida janjal bir yildan ortiq davom etmoqda. 2017 yil bahor mavsumida xoʻroz shovqiniga chek qoʻyish maqsadida arz qilishgan. Oʻsha vaqtda xoʻroz Moris egasini himoya qilish uchun ikkita petitsiya tayyorlandi. Buni 155 ming kishi qoʻllab-quvvatladi.  

Sud ishi boʻyicha 5 sentyabrda qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular