09:58 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
WhatsApp i drugiye messendjerы

WhatsApp ostida yashirinadigan virus aniqlandi: 25 million telefon zaharlandi

© Flickr / Microsiervos
Dunyoda
Havola olish
223 0 0

Zararli dastur reklama eʼlonlarini koʻp marta va esdan chiqmaydigan darajada namoyish qilishni boshlaydi.

TOSHKENT, 12 iyul – Sputnik. Isroil Check Point kompaniyasi WhatsApp ostida yashirinadigan virusni aniqladi.

Bu virus bilan 25 million dona smartfon zaharlandi.

“Agent Smit” nomlanishda boʻlgan virus odam ilovalar doʻkonida fotoredaktor yoki oʻyin yuklaganda bu virus sezilmagan holda smartfonga yuklanadi.

Yuklanish vaqtida zararli dastur koʻrinmagan holda smartfonga oʻrnatiladi va ommabop boʻlgan WhatsApp ostida yashirinadi. Foydalanuvchilar virus dastur ommabop ilovaning belgisini olganini koʻrishmaydi.

Smartfon zaharlangandan keyin reklama eʼlonlarni koʻp marta va esdan chiqmaydigan darajada namoyish qilishni boshlaydi.

Biroq mutaxassislarning fikriga koʻra, xakerlar bu virusdan telefon soʻzlashuvlarini eshitish yoki maʼlumotlarni oʻgʻrilash uchun foydalanishi mumkin.

Kompaniya hisobiga koʻra, bu dasturdan eng koʻp Hindistondagi foydalanuvchilar ziyon koʻrdi – bu yerda 15 million holat qayd etildi. AQShda 300 ming, Buyuk Britaniyada 137 ming holat aniqlandi.

Bundan avval Kaspersky Lab kompaniyasi FinSpy josus dasturining yangi versiyasini aniqlagani haqida Sputnik xabar qilgandi.

Bu dastur mobil telefonda deyarli barcha foydalanuvchilar harakatlari, xususan himoyalangan messendjerlardagi oddiy va maxfiy chatlarda yozishmalarni kuzatishi mumkin.

FinSpy koʻpincha josuslik maqsadlarda foydalaniladi. Bu dastur smartfon yoki planshetda foydalanuvchi haqida, jumladan uning aloqalari, SMS xabarlari, GPS joylashuvi, foto-suratlar, saqlangan fayllar, tovushli xabarlar singari turli maʼlumotlarni yigʻishi mumkin.

 

Asosiy mavzular