01:44 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Stroitelstvo Rogunskoy GES

Italiya kompaniyasi Rogʻun GESning asosiy toʻgʻon qurilishini boshladi

© president.tj
Dunyoda
Havola olish
560 0 0

Italiyaning “Salini Impredjilo” kompaniyasi Rogʻun GESning asosiy toʻgʻonini qurish ishlarini boshladi.

TOSHKENT, 12 iyul – Sputnik. Italiyaning “Salini Impredjilo” kompaniyasi Rogʻun GESning asosiy toʻgʻonini qurish ishlarini boshladi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

“Suv obʼyektining pastki qismdan kengligi 200 metr boʻlgan uchastkada GESning asosiy toʻgʻonini qurish ishlari olib borilmoqda”, - deb tasdiqladi GESdagi manba.

Hozirgi vaqtda bu uchastkadagi toʻgʻonning balandligi 35 metrga yetdi. GES toʻgʻonining har bir qismi kesimida qurilish ishlari rejasi tuzildi. Uning asosi 1,5 kmni tashkil qiladi.

Bugungi kunda gidrostantsiya energiya ishlab chiqaradi, GESning ikkita agregati ishga tushilgan.

GESning birinchi agregati shu yilning iyun oyida ish boshlagan boʻlib, 80 MVt xajmda energiya ishlab chiqarmoqda. Ikkinchi agregat esa sinov rejimida ishlamoqda, shu yil sentyabr oyida rasmiy ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Tojikiston Moliya vazirligining maʼlumotiga koʻra, joriy yilda Rogʻun GES qurilishiga 222,6 million dollar ajratiladi.

Asosiy mavzular