23:47 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Tojikiston Xitoyda uygʻurlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni qoʻllab-quvvatladi

© REUTERS / Thomas Peter
Dunyoda
Havola olish
511 0 0

Tojikiston Xitoyda uygʻurlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olishga qaratilgan siyosatni qoʻllab-quvvatladi.

TOSHKENT, 16 iyul – Sputnik. Tojikiston 37 ta davlat tarkibi ichida Xitoy tomonidan mahalliy aholi – uygʻurlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni qoʻllab-quvvatladi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar qildi.

Tojikiston, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlar vakillari BMTning inson huquqlari boʻyicha kengashining 41-chi sessiyasi yakuni boʻyicha Sintszyan-Uygʻur avtonom tumanida XXR siyosatini qoʻllab-quvvatlovchi bayonotni imzoladi.

Uygʻurlar bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan davlat vakillari taʼkidlashicha, soʻnggi uch yil ichida Sintszyan-Uygʻur avtonom tumanida yirik jinoyat va terrorchilik harakatlar sodir etilmadi, bu esa  Xitoy siyosatining toʻgʻri yoʻnalish tanlanganligidan dalolat beradi.

Bundan avval Xitoyning uygʻurlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatni muhokama qilinishida 22 ta davlat (ular ichida – Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya) murojaat tayyorlashgan, unda Xitoy mahalliy musulmon aholi vakillari bilan qonunga zid boʻlgan munosabat va inson huquqlari buzilishi holatlariga eʼtibor qaratishgan.

Ochiq xatda uygʻurlar toʻliq kuzatuvga olingani, tazyiq va maxsus tarbiya jamloqlari yaratilgani haqida yozilgan.

Bundan avval The Guardian nashri yozishicha, 2017 yilda har beshinchi hibsga olish Sintszyanda amalga oshirildi, qayta tarbiyalash jamloqlardagi mahbuslar soni 120 dan 180 ming kishi tashkil qiladi.

Xitoy, oʻz navbatida, uygʻurlarning huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qonunlarga rioya etilayotganiga amin boʻlish uchun xorijiy davlat diplomat vakillarini Sintszyan-Uygʻur avtonom tumaniga tashrif buyurishga taklif qilgan.

Asosiy mavzular