19:08 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Zamestitel glavы ministra vnutrennix del Mirlan Kanimetov pribыl v selo Koy-Tash k domu bыvshego prezidenta Almazbeka Atambayeva

Atambayev oldiga Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari keldi, biroq u uyga kiritilmadi

Sputnik / Nuris Alыmbayev
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (34)
764 0 0

Bundan avval sobiq prezidentga uch marta IIVga kelish haqida chaqiruv qogʻozi berilgan.

TOSHKENT, 22 iyul – Sputnik. Qirgʻiziston Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Mirlan Kanimetov Qoʻy-Tosh qishlogʻida joylashgan Almazbek Atambayev uyiga keldi, deb xabar qildi voqea joyidan Sputnik Qirgʻiziston muxbiri.

Vazir oʻrinbosari IIV tergov guruhining boshligʻi bilan keldi.

Bundan avval Atambayevga uch marta IIVga kelish haqida chaqiruv qogʻozi berilgan. Shu haftada sobiq prezident Rossiyaga uchmoqchi boʻlgani haqida xabar berilgandi.

Kelganlar oldiga Atambayevning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva chiqdi. Unga Atambayevni jinoiy avtoritet Aziz Batukayev noqonuniy ozod qilinishi ishi boʻyicha soʻroq qilish uchun kelgani haqida maʼlum qilindi.

Joldubayeva oʻz navbatida chaqiruv qogʻozlar qonunga zid ravishda berilgani taʼkidladi. Chunki ular Joʻqorku Keneshning Atambayevni daxlsizlikdan mahrum etilishi haqidagi qarorini qayta koʻrib chiqilishi uchun Konstitutsiyaviy palataga ariza topshirishgan.

Oqibatda militsiya vakillari uyga kiritilmadi.

“Ariza noyabrda koʻrib chiqiladi. Ungacha Atambayev militsiyaga kelmaydi”, - dedi Joldubayeva.

Qirgʻiziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida xulosa qilindi. Joʻqorgʻu Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga asosan Atambayevga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi boʻyicha korruptsiya ishi va stantsiyaga noqonuniy tarzda koʻmir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruktsiyasida korruptsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Qoʻy-Tosh va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

27 iyun kuni mamlakat parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi. Sobiq prezident maqomini olib tashlashga 103 deputat ovoz berdi, faqatgina 6 deputat bunga qarshi boʻldi.

Atambayev uyida uning tarafdorlari “xalq shtabini” tuzishgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (34)

Asosiy mavzular