05:11 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (48)
477 0 0

Sobiq Qirgʻiziston prezidenti 24 iyul kuni Rossiya aviabazasidan Moskvaga xususiy samolyotda uchmoqchi.

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Sobiq Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev 24 iyul kuni Rossiya aviabazasidan Moskvaga xususiy samolyotda uchmoqchi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Atambayev Qoʻy-Tosh qishlogʻidagi uyidan Rossiyaning “Kant” aviabazasi tomon yoʻlga chiqdi.

Kortej bыvshego prezidenta KR Almazbeka Atambayeva
Sputnik / Nuris Alыmbayev
Kortej bыvshego prezidenta KR Almazbeka Atambayeva

“Men 24 sanada uchmoqchiman. U yerda bir necha kun boʻlaman va albatta qaytaman”, - dedi Atambayev.

Bыvshiy prezident KR Almazbek Atambayev
Sputnik / Nuris Alыmbayev
Bыvshiy prezident KR Almazbek Atambayev

Uning soʻzlariga koʻra, reys mahalliy vaqt soat 12:30 da rejalashtirilgan.

Atambayev Rossiya poytaxtida aynan kim bilan uchrashishini maʼlum qilmadi.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston parlamenti 13 iyun kuni maxsus komissiyani tashkil etgan va u olib borgan ish natijasida Almazbek Atambayev oltita jinoyatga aloqador boʻlishi mumkinligi haqida xulosa qilindi. Joʻqorgʻu Keneshi xulosani tasdiqlab, bosh prokuraturaga yubordi.

Xulosaga asosan Atambayevga nisbatan quyidagi aylovlar ilgari surildi: Bishkek IES modernizatsiyasi boʻyicha korruptsiya ishi va stantsiyaga noqonuniy tarzda koʻmir yetkazib berilishi, Tarixiy muzeyni rekonstruktsiyasida korruptsiya ishi, jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Qoʻy-Tosh va Chon Sari-Oy qishloqlarida yer uchastkalarini noqonuniy egallanishi.

27 iyun kuni mamlakat parlamenti deputatlari Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomini olib tashlashga ovoz berishdi. Sobiq prezident maqomini olib tashlashga 103 deputat ovoz berdi, faqatgina 6 deputat bunga qarshi boʻldi.

Atambayev uyida uning tarafdorlari “xalq shtabini” tuzishgan.

Mavzu:
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev qoʻlga olinishi (48)

Asosiy mavzular