Tojikiston ham avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishProizvodstvo novoy modeli Ford Focus vo Vsevolojske
Proizvodstvo novoy modeli Ford Focus vo Vsevolojske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emomali Rahmon Tojikistonda Yaponiya va Germaniya avtomobillarini ishlab chiqarishni buyurdi  

TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon Sanoat vazirligiga germaniyalik va yaponiyalik avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borib, ularni respublikaga jalb qilish va jahon bozori talablariga javob beradigan avtomobillar ishlb chiqarishni buyurdi. Bu haqida Sputnik muxbiriga Tojikiston Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Zarobiddin Fayzullozoda xabar qildi. 

“Bizning qo‘shnilarimiz – O‘zbekiston va Qozog‘iston  avtombil ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarga ega. Biz ham shunday bo‘lishini xohlaymiz, lekin buning uchun biz ko‘p ishlashimiz kerak, xorijiy sarmoyalarni jalb qilishimiz kerak”, deydi vazir.

Zarobiddin Fayzullozoda aytishiga qaraganda, Germaniya va Yaponiya kompaniyalari avtomobillarini ishlab chiqarishni tezda amalga oshirish mushkul bo‘lsada, dastlab respublikada avtomobillarni qisman ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu o‘z korxonasi va yangi ish o‘rinlari yaratishga yordam beradi.

“Obro‘yli kompaniyalarni respublikaga jalb etish bu oson ish emas albatta. Lekin Tojikistonda hech bo‘lmasa bitta avtomobil ishlab chiqaruvchi bo‘lishi kerak, chunki Tojikiston bozorida bunga katta talab bor”, - deydi vazir.

Undan tashqari Fayzullozoda bugun Tojikistonda traktor, avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarilib Afg‘oniston va O‘zbekistonga eksport qilinayotganini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0