16:28 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
76240

Zafar Mahmudov Moskva Lefortovo tumani tumanlararo prokurori lavozimiga tayinlandi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Asli buxorolik boʻlgan Zafar Mahmudov Moskva tumanlararo prokurori lavozimiga tayinlandi.

33 yoshli kichik adliya maslahatchisi Zafar Mahmudov Moskva Lefortovo tumani tumanlararo prokurori lavozimiga tayinlandi.

Zafar Mahmudov Buxoroda tugʻilgan. U 2008 yilda Moskva davlat yuridik akademiyasini tamomlagan. 27 yoshida tuman prokuraturasiga rahbarlik qilgan. Siktivkar shahar prokurori yordamchisi boʻlgan.

Keyinchalik Tver viloyati jinoiy-protsessual faoliyati ustidan nazorat boʻlimi prokurori, Kimr tumanlararo prokuror oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2014-2019 yillarda Kaluga viloyatining Meshov va Yuxnov tuman prokurori lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Asosiy mavzular