15:46 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
815 0 0

AQSH prezidenti ISHID terrorchilik tashkilotining qoʻlga olingan barcha jangarilarini Yevropaga olib ketmaydigan boʻlsa, ularni qoʻyib yuborishga tayyorligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 2 avg – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp ISHID* terrorchilik tashkilotining qoʻlga olingan barcha jangarilarini Yevropaga olib ketmaydigan boʻlsa, ularni qoʻyib yuborishga tayyorligini maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz ISHIDning minglab jangarilarini ushlab turibmiz va Yevropa ularni olib ketishini xohlaymiz. Agarda ular bundan bosh tortsa, ularni Yevropaga qoʻyib yuborishga majbur boʻlamiz”, - dedi Tramp.

Uning soʻzlariga koʻra, Suriya va Iroqda jang qilgan yevropaliklar soni ikki yarim mingga yaqin.

”Biz ularni Yevropa olib ketishini istaymiz, chunki ular ortga - Yevropaga qaytayotgan edi”, - dedi AQSH yetakchisi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval senator Trampga Guantanamoda ISHID jangarilar uchun harbiy qamoqxona ochishni taklif qilishgandi.

(*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot)

Asosiy mavzular