17:36 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Dunyoda
Havola olish
717 0 0

Italiya bosh vaziri oʻrinbosari va ichki ishlar vaziri Matteo Salvini Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni buyuk prezident deb atadi.

TOSHKENT, 4 avg - Sputnik. Italiya bosh vaziri oʻrinbosari va ichki ishlar vaziri Matteo Salvini Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni buyuk prezident deb atadi. Bu haqda ANSA xabar qilmoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, u Rim va Moskva oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash ustida ish olib bormoqchi.

“Putin – buyuk prezident. Men buni shunday oʻylaganim uchun aytyapman, ayrim gazetalar taʼkidlagandek menga pul toʻlaganlari uchun emas”, - deya qayd etdi Matteo Salvini.

Shuningdek, Salvini AQSH prezidenti Donald Tramp, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban faoliyatini yuqori baholagan.

Asosiy mavzular