00:45 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
25410

Oʻzbekiston "ArMI-2019"dagi tank biatlonida Zimbabve jamoasi ustidan gʻalaba qozondi. Harbiylari tank va granatomet nishonlarini yoʻq qildi.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Oʻzbekiston jamoasi "ArMI-2019"dagi tank biatlonida ikkinchi divizion yettinchi poygada Zimbabve jamoasi ustidan gʻalaba qozondi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Oʻzbekiston jamoasi tank boʻyicha uchta nishondan bittasini, shuningdek granatomet boʻlinmasini yoʻq qildi. Biroq oʻzbekistonliklar raqibning shartli vertolyotini yakson qila olmadi.

© Sputnik /
Komanda Uzbekistana oderjala pobedu v "Tankovogo biatlona" na ArMI-2019

Oʻzbekiston harbiylari uchta shtraf aylanmasidan oʻtib, Zimbabve jamoasidan 22 daqiqa oldin marraga yetib keldi.  

Xalqaro armiya oʻyinlarining “Tank biatloni” 3-17 avgust kunlari Moskva viloyati Alabino poligonida oʻtkazilmoqda.

Harbiy ekipaj otishma poygasi, suv toʻsiqlarini yengib oʻtish va jangovar tayyorgarlik boʻyicha kuch sinashadi.

Asosiy mavzular