TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev uyiga spetsnaz bostirib kirdi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.
Xabarda aytilishicha, Atambayevning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva Facebook sahifasida video joylashtirdi.
IIV matbuot xizmati maʼlum qilinishicha, Qoʻy-Tosh qishlogʻiga tezkor tergov guruhi chiqib ketdi.
Videoda maxsus xizmat xodimlari Atambayevning uyi hududiga bostirib kirishi va u yerda otishmani koʻrish mumkin. Ehtimol, rezina uqlar otilmoqda. Uy oldida vertolyot uchmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 10 ga yaqin kishi jarohatlandi.
Sobiq prezident qarorgohi oldida 300 ga yaqin tarafdorlar toʻplangan.