00:29 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
120430

HushHush platformasiga “professional shilqim”ni topib berish haqida murojaat kelib tushdi.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. Lyuks tovarlarni sotadigan HushHush platformasiga “professional shilqim”ni topib berish haqida murojaat kelib tushdi. Bu haqda RIA Novosti Daily Mirror nashriga asosan xabar qildi.

Ismi sir saqlanishini soʻragan mijoz qalligʻining vafodorligini sinab koʻrmoqchi. Erkakda sevgilisi  toʻyni tezlashtirishi va nikoh shartnomasi tuzilishiga qattiq qarshilik koʻrsatishi shubha uygʻotdi.

Eʼlon muallifi yoshi katta ekanligini ham maʼlum qildi.

Malakali shilqim roliga mos keladigan yosh yigitga 15 ming funt sterling (18,5 ming dollar), hashamatli uyga va avtomobildan foydalanish huquqi va shaxsiy xarajatlar uchun mablagʻ beriladi.  

Nomzod - yaxshi jismoniy tayyorgarlik, qaddi-basti kelishgan, chiroyli yigit boʻlishi talab etiladi.

Asosiy mavzular