04:14 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Gurbanguli Berdimuhamedov qoʻshni davlatlarga taklif bilan chiqdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov
Dunyoda
Havola olish
728 0 0

Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi ish boshladi. Unda Oʻzbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Qozogʻiston, Bolgariya hukumat rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

TOSHKENT, 12 avg - Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Kaspiy iqtisodiy forumida qoʻshni davlatlarga “Kaspiy” innovatsion shahrini barpo etishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Biz texnologik va innovatsion start uchun haqiqatan ham muhim platformani shakllantirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Shu maqsadda xalqaro innovatsion-texnologik markaz barpo etishni taklif qilamiz. Uni “Kaspiy” innovatsion shahri deb atash mumkin. Bu yerda, oʻziga xos gʻoyalar laboratoriyasida, Kaspiyboʻyi hamda boshqa davlatlar olimlari, fundamental va amaliy fan mutaxassislari Kaspiy uchun yangi texnologik reja yaratish ustida birgalikda ish olib bormoqdalar”, - dedi Berdimuhamedov forumining ochilishida soʻzlagan nutqida.

Berdimuhamedov soʻzlariga koʻra, innovatsion shaharda raqamli klasterlar yaratiladi.

Turkmaniston yetakchisi bunday shaharni qayerda barpo etish mumkin ekanligiga aniqlik kiritmagan.

Biroz ilgari Turkmanistondagi ushbu forum doirasida Rossiya hukumat rahbari Dmitriy Medvedev va Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov uchrashishgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular